20:05 / 25.10.2017
5578

Shvetsiya 2017 yil oxirigacha 23,5 mingga yaqin qochqin qabul qilmoqchi

Foto: trend.az

Shvetsiya migratsiya boshqarmasi 25 oktabrda hukumatga mamlakat 2017 yil oxirigacha qabul qiladigan qochqinlar soni bo‘yicha prognozni taqdim qildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu qiymat 23,5 ming qochqinni tashkil qiladi. Yozda berilgan prognozda bu qiymat 28 ming qochqin qilib ko‘rsatilgandi.       

"2017 yilda hammasi bo‘lib 80 ming ariza ko‘rib chiqamiz. Qarori o‘tgan yil chiqarilgan ishlar bilan birga ikki yilda 200 mingta ariza ko‘riladi", deb aytgan boshqarma vakili Veronika Lindstrand Kant. Bundan tashqari, mutaxassislar keyingi yilga ham dastlabki prognoz berishgan. Bu prognozga ko‘ra, 2018 yilda qirollik 24 ming qochqin qabul qilishi mumkin.  

2015 yilda aholisi 9,8 mln lik qirollikka 163 ming qochqin kelgan. Bu aholi jon boshiga hisoblaganda Yevropadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘tgan yil iyulidan muhojirlarni qabul qilish qoidalari qat'iylashtirilgan: doimiy yashash o‘rniga vaqtinchalik yashash huquqi kiritilgan, qarindoshlar bilan birlashish qoidalari cheklangan va qirolikka o‘z qarindoshlarini olib kelmoqchi bo‘lgan qochqinlar oladigan daromadlar qiymati oshirilgan. 2016 yil yanvarda Shvetsiyada mamlakatga keluvchi poyezdlar, avtobuslar va dengiz paromlari yo‘lovchilarining hujjatlari tekshirilishi qayta qo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga oid
Top