18:55 / 25.10.2017
4579

TIVda Janubiy Koreya elchisi bilan muhokamalar bo‘lib o‘tdi

2017 yilning 25 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston - Janubiy Koreya munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish davomida turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan o‘tkazish muddati, kun tartibi, yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga alohida e'tibor qaratildi.

Top