Turkiya OAV: O‘zbekiston rahbarining Anqaraga tashrifi tarixiy ahamiyatga ega
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi tarixiy ahamiyatga ega, sababi u uzoq vaqt davomida turg‘un holatda bo‘lgan Anqara bilan Toshkent o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga turtki beradi, deya hisoblaydi ekspertlar. Bu haqda «Anadolu» yozmoqda.
Mirziyoyevning Anqaraga tashrifi O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbari darajasida so‘nggi deyarli 20 yil davomidagi birinchisi bo‘ldi.
Bundan tashqari, tashrif Anqara va Toshkent munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish imkonini beradi hamda Turkiyaning Yevroosiyo qit'asidagi faoliyati nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega, deya ta'kidlaydi ekspertlar.
«Mirziyoyev bir yil muqaddam O‘zbekiston prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. Xalqaro kuzatuvchilarning baholashicha, O‘zbekiston kelgusi 10 yil ichida ham Markaziy Osiyoda, ham Yevroosiyoda eng tez rivojlanadigan mamlakatga aylanadi, aholi jon boshiga YaIMning eng tez o‘sib borishini namoyish etadi», - deya aytib o‘tdi Turkiyaning Kappadokiya Universiteti o‘qituvchisi, professor Hasan Ali Qorasar «Anadolu» agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtga qadar ikki davlat munosabatlarni kerakli darajaga olib chiqishning uddasidan chiqa olmadi, biroq mamlakat yetakchilari buning uchun barcha ishni qilishda davom etishmoqda. «Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bir yilda to‘rt marta muzokaralar o‘tkazdi. Turkiya rahbarining Samarqandga tashrifi vaqtida ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish haqida qaror qabul qilindi, tegishli yo‘l xaritasi tayyorlandi. Ayni damda ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 1,3 milliard dollarni tashkil etadi. Anqara va Toshkent besh yil ichida bu ko‘rsatkichni beshga, keyingi 10 yilda esa – 10 milliard dollarga qadar oshirishni rejalashtirmoqda», - dedi Qorasar.
Professorning ta'kidlashicha, prezident Erdo‘g‘an o‘zbekistonlik hamkasbi bilan Pekin, Ostona hamda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan keng miqyosli xalqaro tadbirlar doirasida uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu esa, uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya kelajakda O‘zbekistonga alohida ahamiyat qaratishidan darak beradi.
Ikki mamlakat o‘rtasida nafaqat o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, balki turizm, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati va aviatsiya kabi sohalarda ham munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha batafsil ish rejasi ishlab chiqilgan. «Shuning uchun Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi juda muhim ahamiyatga ega, deyishim mumkin. Biz ushbu tashrifni tarixiy deb bilamiz, chunki u kelgusi 5-10 yil ichidagi ikki tomonlama munosabatlar yo‘nalishini belgilab beradi», - deya aytib o‘tdi Qorasar.
Mavzuga oid
18:33 / 05.02.2024
Prezident Parij-2024 o‘yinlaridagi natijalar tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralar ko‘rishni buyurdi
18:30 / 05.02.2024
Dorilar bepul ajratilsa-da, bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olmoqda - prezident
18:13 / 05.02.2024
Har bir ona va bola o‘limi favqulodda holat sifatida baholanadi - prezident
14:13 / 05.02.2024