22:13 / 25.10.2017
5173

Turkiya politsiyasi 43 nafar FETÖ a'zosini qo‘lga oldi

Foto: yenisafak.com

25 oktabr kuni Turkiyada Fathulloh Gyulenning terrorchi tashkiloti (FETÖ) bilan aloqadorlikda gumon qilingan 43 kishi qo‘lga olindi. Sud manbaiga ko‘ra, ular o‘tgan yilgi davlat to‘ntaruv harakatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. DailySabah shu haqida xabar berdi. 

Gumondorlar 12 provinsiyada, shu jumladan Anqara, Istanbul, Bursa va Konyada o‘tkazilgan terrorizmga qarshi operatsiyalarda qo‘lga olingan. 

Bundan tashqari, 9 kishi markaziy Tokat provinsiyasida ByLock smartfonlari uchun shifrlangan FETÖ dasturiy ta'minotidan foydalanganlik uchun qo‘lga olindi. 

Operatsiya davomida Oqsaroyda yana 17 kishi, shu jumladan tashkilot bilan aloqadorlikda ayblanib, ishdan bo‘shatilgan o‘qituvchi va askarlar qo‘lga olingan.

Top