15:20 / 25.10.2017
6217

O‘zbekiston YeTTBning 51,18 mln. dollarini uch loyiha doirasida jalb etmoqchi 

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) 51,18 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larini uchta loyiha doirasida jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.

YeTTB veb-saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston o‘rta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda savdoni rivojlantirish uchun 30 mln. dollarlik mablag‘larni jalb etish niyatida. Ular «Ipoteka-bank» ATIBga taqdim etiladi.

Loyiha doirasida o‘rta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 25 million dollar, savdo-sotiqni rivojlantirishga 5 million dollar yo‘naltiriladi.

Uzbek Leasing International A.O. kompaniyasi bankdan 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb etadi. Ular uch transhda taqdim etiladi hamda o‘rta va kichik biznes ehtiyojlari uchun avtoulovlar, yuk mashinalari, treylerlar va uskunalar xarid qilish uchun ishlatiladi.

Uchinchi loyiha doirasida Mutabar Medical Standart kompaniyasi farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun 11,18 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb etish niyatida. Zavod quvvati 280 mln. in'yektsion eritma ampulani tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top