O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi AQShga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining delegatsiyasi 23 oktabrdan 1 noyabrgacha AQShda tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Tashrifning maqsadi - O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida Amerikaning ilg‘or texnologiyalari va innovatsiyalarini mamlakat agrosanoat kompleksiga joriy etish sohasida hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, universitetlararo o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishdan iboratdir.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi. Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligida muzokaralar olib boradi hamda qishloq xo‘jaligiga Amerika sarmoyalarini jalb qilish, bu sohadagi mutaxassislarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish, o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini AQShga yetkazib berish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.
Innovatsion va amaliy qishloq xo‘jaligi fani sohasidagi O‘zbekiston-AQSh hamkorligini chuqurlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston vakillari Michigan shtati Universiteti va Ohayo shtati Universitetiga tashrif buyurishadi. Ushbu tashriflar davomida delegatsiya universitetlar faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, tomonlar universitetlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024