08:26 / 26.10.2017
11124

AQSh harbiy-dengiz kuchlari eronlik dengizchilarga yordam ko‘rsatdi

Foto: U.S. Navy photo / Petty Officer 3rd Class Nathan Burke

AQSh harbiy-dengiz kuchlari Eron sohilbo‘yi xizmati Eron kemasi qaroqchilar hujumiga uchraganini ma'lum qilgandan keyin, eronlik dengizchilarga yordam ko‘rsatdi. Kemaga 24 oktabrda Yamanning Sokotra oroli yaqinida hujum qilingan. 

"AQSh harbiy-dengiz kuchlari Yevropa Ittifoqi harbiy-dengiz kuchlari va Turkiya boshchiligidagi birlashgan tezkor guruh bilan o‘zaro harakatda, Eronning baliq ovlovchi kemasiga yordam ko‘rsatdi", deb ma'lum qildi AQSh HDK.  

Xabarda aytilishicha, Eron tomoni hujum haqida AQSh HDKning markaziy qo‘mondonligiga xabar bergan va yordam so‘ragan. Voqea joyiga AQShning Howard va Yaponiyaning Amagiri esminetslari yetib kelgan. AQSh kemasi eronliklarga yegulik bergan va 3 nafar jarohatlangan dengizchiga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Ushbu voqea AQSh va Eron o‘rtasida keskin munosabatlar kuzatilayotgan vaqtda yuz berdi. Ikki davlat kemalari o‘rtasida muntazam ravishda turli ko‘ngilsiz hodisalar yuz berayotgani haqida xabarlar berib turiladi. Sentyabrda Eronning cho‘kayotgan kemasi yoniga yo‘nalayotgan AQSh kemasi Eron HDKdan ogohlantirish olgandan keyin o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan. Yana bir vaziyatda AQSh harbiy kemasi uning yoniga yaqinlashayotgan Eron kemasiga ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

Mavzuga oid
Top