Atamboyev: «Qirg‘iziston tranzit mamlakatga aylanib bormoqda»
Qirg‘iziston prezident apparati rahbari Almazbek Usenov Avtomobil transporti va yo‘l xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda Almazbek Atamboyevning tabriknomasini o‘qib eshittirdi. 24kg shu haqida xabar berdi.
"Davlatning butun bir transport tizimining samarali faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil yo‘llari holatiga bog‘liq. Shu bois so‘nggi yillarda yo‘llarni qayta ta'mirlash va qurish strategik muhim vazifaga, shuningdek respublika iqtisodiy tiklanishining tarkibiy qismlaridan biriga aylandi", - deya ta'kidlaydi prezident o‘z nomasida.
"Biz sekin-astalik bilan tranzit mamlakatga aylanib bormoqdamiz. Ekspertlarning baholariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasining yuragida joylashgan Qirg‘iziston kelgusida xalqaro tranzit munosabatlarning faol ishtirokchilaridan biri bo‘lishi mumkin".
Almazbek Atamboyevning tabriknomasidan
"Shimol-Janub muqobil avtoyo‘lining qurilishi Rossiya-Qozog‘iston-Qirg‘iziston-Tojikiston yo‘nalishi bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri tranzitni ta'minlaydi. Issiqko‘l transport xalqasi qurilishining tugallanishi oxir-oqibat G‘arbiy Xitoy-G‘arbiy Yevropa magistraliga chiqish imkonini beradi. Bishkek-O‘sh, O‘sh-Batken-Isfana-Qayrag‘och transport koridorlarini yaxshilash ishlari davom etmoqda", - deyiladi xatda.
"Yo‘l qurilishi yanada yorug‘ kelajak sari boshlaydi. Rivojlangan yo‘l-transport tizimiga ega bo‘lmay, Qirg‘izistonning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin".
Almazbek Atamboyev
Tabrik so‘nggida Almazbek Atamboyev barcha ishchilarga mustahkam sog‘liq va baxt-saodat, Qirg‘izistonga esa - tinchlik va farovonlik tilab qoldi.
Mavzuga oid
21:30 / 26.08.2022
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi
20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
07:49 / 03.06.2022