20:20 / 26.10.2017
5210

Yevropa Ittifoqi koinot loyihalariga 12 mlrd yevro ajratmoqchi

Foto:capital.ua

Yevropa Ittifoqi 2014-2020 yillardagi davr uchun yirik koinot loyihalariga 12 mlrd yevro sarmoya ajratdi va bu loyihalar millionlab odamlarga xizmat qilishni boshladi, deb ta'kidlab o‘tildi tashkilotning raisi Jan-Klod Yunker va Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning Gvianadagi Kuru koinot markaziga birgalikdagi tashrifi boshlanishi munosabati bilan Yevrokomissiyada.

26 oktabrdagi bayonotda ta'kidlanishicha, bu tashrif Yevropa uchun koinot strategiyasi taqdimotidan bir yil keyin yuz bermoqda va "Yevropa Ittifoqi strategik manfaatlarini ta'minlash uchun sanoat siyosati"ni ilgari surishning bir qismi hisoblanadi. 

Yevropa Ittifoqining koinot loyihalari orasida Yerni kuzatish dasturi "Kopernik", "Galiley" navigatsiya tizimlari, EGNOS qayd qilib o‘tildi.

"Yevropaning bu koinot dasturlari millionlab odamlarga xizmat qilmoqda. Koinot ma'lumotlarining qo‘llanishi evaziga avariya-qutqaruv xizmatlari, tabiiy ofatlarga javob berish organlari, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi samaradorligi sezilarli oshdi. Ko‘plab korxonalar bu ma'lumotlardan innovatsion usullar uchun foydalanadilar", deb aytilgan bayonotda.

Mavzuga oid
Top