Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google «Ishdagi ishq» filmi yubileyiga bag‘ishlangan dudlni taqdim etdi
Google kompaniyasi 26 oktabrda o‘zining bosh sahifasida "Ishdagi ishq" filmi yubileyiga bag‘ishlangan dudl (interaktiv surat)ni joylashtirdi. Bu haqida qidiruv tizimining matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Rossiya, Ukraina, Belarus va boshqa mamlakatlar foydalanuvchilari dudlni Google bosh sahifasida ko‘rishlari mumkin. Shuningdek uni maxsus arxivda ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Bayramona animatsion rasm muallifi dudler Juliana Chen bo‘ldi. Dudl asosida - filmning eng esda qoladigan sahnalaridan biri. Chen "Ishdagi ishq" Google foydalanuvchilariga ijobiy ta'sir qiladi, deb hisoblaydi.

"Bu insonlarga ilhom baxsh etuvchi juda ham ajoyib film. Unda nozik hazil, kinoya, romantika elementlari mavjud. Birinchi marta Anatoliyning Lyudmila Prokofevnaning ko‘zoynagini botinkaga qo‘yganini ko‘rganimda, bu bo‘lg‘usi dudl uchun ajoyib kadr ekanini inobatga olib qo‘ygandim", - deydi Chen.
Mavzuga oid
19:24 / 10.12.2025
Apple va Google hamkorlikni e’lon qildi - iPhone’dan Android’ga va aksincha o‘tish osonlashadi
18:18 / 08.12.2025
Google va Apple o‘zbekistonliklarni hakerlar hujumi haqida ogohlantirdi
23:35 / 28.11.2025
Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili joriy etildi
22:05 / 28.11.2025