Islom turizmi ko‘lami ikki barobarga kengayishi kutilmoqda
Yangi tadqiqotga ko‘ra, butun dunyo yosh musulmonlari yaqin yillarda turizm va sayohatlar xarajatlarini ikki barobarga oshirishadi. Bu esa islom turizmi sohasiga haqiqiy "bum"ni boshdan kechirish va 300 milliard dollar ko‘rsatkichga erishish imkonini beradi.
So‘nggi vaqtlarda halol turizmda o‘sish davri kuzatilmoqda - aeroportlar, restoranlar va mehmonxonalar musulmonlar uchun alohida sharoitlar yaratilmoqda, shu bilan birga halol menyu va namoz o‘qish uchun maxsus joylar bilan ta'minlamoqda.
Mastercard bilan hamkorlikda tadqiqot o‘tkazgan Halal Trip agentligi direktori Fazal Baxardinning so‘zlariga ko‘ra, katta yoshli musulmonlar yilda bir marta oila a'zolari bilan sayohat qilishadi. 20-36 yoshdagi musulmonlar esa yilda bir necha marta xorijga chiqadi, deyiladi The Daily Mail'da.
"Yosh avlod musulmonlarining turistik sayohatlari haqiqiy "bum"ni boshdan kechirmoqda, zero nisbatan yuqori daromadga ega iste'molchilar ota-onalaridan farqli ravishda uzoqroq joylarga, ekzotikaga intilishadi", - deydi Fazal.
Ekspertlarning fikricha, yaqin 5-10 yilda butun dunyo musulmonlarning aksariyati o‘z hayotining pul topib, sarf qiladigan bosqichga keladi.
Shuningdek tadqiqotda aytilishicha, dam olishga chiqayotgan yosh musulmonlar orasida Indoneziya, Misr va Qozog‘iston fuqarolari yetakchilik qilmoqda.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024