13:40 / 26.10.2017
23670

Sobiq sovet makonidagi oligarxlarning offshor hisoblari hakerlar qo‘liga tushib qoldi

Bermud orollarida joylashgan Appleby yuridik firmasi o‘zining mijozlari haqidagi qimmatli ma'lumotlar o‘g‘irlanganini tan oldi. Firma vakilining bayonotiga ko‘ra, seshanba, 24 oktabr kuni tunda ma'lumotlar omboriga noma'lum hakerlar jamoasi hujum uyushtirgan.

Vakilning aytishicha, yo‘qotilgan hujjatlarda mijoz va ularning moliyaviy amaliyotlari, xususan offshor hisoblar haqida to‘liq ma'lumot bo‘lgan. Rasmiy bayonotda bu qaysi davlat fuqarolariga tegishli moliyaviy sir i oshkor etilmadi.

Telegraf nashrining yozishicha, hujjatlarda Britaniyaning nufuzli zodagonlari va siyosatchilari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, hukumat davlat mansabdor shaxslarining obro‘sini saqlab qolish uchun harakat qiladi. Rossiyalik jurnalist Ilya Varlamov esa unda rus oligarxlari, jumladan davlat xizmatchilari va ularning post-sovet makonidagi do‘stlari tilga olingan, deya taxminini bildirdi.

Shu paytgacha hakerlardan hech kim rasmiy talab bilan mutasaddilarga yuzlanmagan. Ushbu voqea «Panama arxivi» e'lon qilinganidan keyingi ikkinchi katta voqelikka aylanishi mumkin.

Top