15:50 / 26.10.2017
35593

O‘zbekiston fuqarolari dunyoning 54 mamlakatiga vizasiz tashrif buyurishi mumkin

Passport Index ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolik pasporti bilan 54 mamlakatga viza rasmiylashtirmasdan yoxud aeroportning o‘zida hujjatlashtirgan holda tashrif buyurish mumkin.

Ana shunday imkoniyat bilan tashrif buyurish mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida Boliviya, Barbados, Ekvador, Eron, Indoneziya, Livan, Tailand va Filippin kabi davlatlar bor. Dunyoning eng kuchli pasportlari ro‘yxatini Singapur fuqaroligi boshqarib turibdi. Aytish joizki, Singapur pasportiga ega kishi dunyoning 159ta davlatiga imtiyoz bilan tashrif buyurishi mumkin.

Ikkinchi pog‘onada Germaniya, shuningdek, kuchli uchlikni Shvetsiya pasporti yakunlab bergan. AQSh pasporti bilan 154ta, BAA hujjati bilan esa 128ta mamlakatga vizasiz kirish mumkin.

MDH davlatlari ichida Ukrainaning pasporti boshqa davlatlarnikidan katta ustunlikka ega, negaki, ukrainlar joriy yilda e'lon qilingan imtiyoz bo‘yicha Yevropa Ittifoqiga vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatda Rossiya 41-o‘rinda, Qozog‘iston 56-o‘rinda qayd etilgan.

Top