Hakerlik hujumidan dunyodagi ilk sug‘urta sotilmoqda
Rubica startapining fikricha, shaxsiy ma'lumoti kiberjinoyatchilarda katta qiziqish uyg‘otadigan yirik kompaniyalar rahbarlari, siyosatchilar, taniqli sportchilar va jamoat arboblariga uning sug‘urta ilovasi zarur, deb yozmoqda Business Insider.
Equifax kredit tarixi bo‘yicha byurosi 143 million mijozning ma'lumotlari sizib chiqqani haqida ma'lum qilganidan so‘ng, ko‘plab startaplar kiberjinoyatlardan himoya masalalari haqida jiddiy bosh qotirishni boshladilar. Rubica PURE sug‘urta kompaniyasi bilan hamkorlikda hakerlik hujumidan aktivlar hamda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun $ 1 mln. dollargacha bo‘lgan 24 soatlik sug‘urta xizmatini taklif qilmoqda. Bu o‘ziga xos dastlabki shunday xizmat bo‘lib, jismoniy shaxslarga tashkilotlarga qaraganda ko‘proq mos keladi.
Rubica’ning ishlanmasi «katta aka» tamoyili bo‘yicha ishlaydi: foydalanuvchilar ilovani barcha qurilmalariga yuklab oladi, hamda u doimiy ravishda fon rejimda ishlab, ehtimoliy xavf-xatarlarni izlaydi. Shuningdek, unda «kiber-konserj» servisi bor, u, masalan, g‘alati e-mail qanday tahdid uyg‘otishini tushunishga yordam beradi.
Startapning fikricha, yuqori martabali amaldorlar, yirik kompaniyalar rahbarlari va boshqaruv kengashi a'zolari, taniqli sportchilarda bu ilova qiziqish uyg‘otishi kerak. Umuman olganda, jiddiy aktivlarga ega bo‘lgan har qanday insonning shaxsiy ma'lumoti kiberjinoyatchilar uchun yaxshi nishonga aylanishi mumkin.
Mavzuga oid
14:31 / 13.11.2024
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
20:44 / 11.10.2024
Xitoyning changyutgich-robotlari to‘satdan o‘z egalarini quvib, so‘kinishni boshladi
15:34 / 10.09.2024