22:05 / 27.10.2017
4420

Alibaba vitse-prezidenti «Bruklin Nets» basketbol klubining 49 foizini sotib olmoqchi

Foto: Reuters

Xitoyning Alibaba Group elektron korporatsiyasi hamasoschisi va vitse-prezidenti Jo Tsay Milliy basketbol uyushmasining "Bruklin Nets" klubi 49 foiz aksiyasini sotib olishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda ESPN. Ushbu klub rossiyalik milliarder Mixail Proxorovga tegishli hisoblanadi.

Ushbu xarid narxi 2,3 mlrd dollarga baholangan. Bitim Tsayning bir necha yildan keyin klubning nazorat paketi egasi bo‘lish imkonini ko‘zda tutadi.

Rossiyalik milliarder, "Oneksim" guruhi egasi Mixail Proxorov "Bruklin Nets"ning yana 4 yil asosiy egasi bo‘lib qoladi, shundan keyin u nazorat paketini Tsayga sotadi. Bu yuz bermaguncha, klubdagi operatsiyalarni Proxorov nazorat qiladi, Tsay esa bu jarayonga aralashmaydi. 

Proxorov "Bruklin Nets"ning 80 foiz aksiyasini 2009 yilda 220 mln dollarga sotib olgan. U 2015 yilda klubning yagona egasiga aylangan. 

Rossiyalik milliarder MBA tarixida ilk xorijlik klub egasi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top