Jamiyat | 18:20 / 27.10.2017
134516
1 daqiqa o‘qiladi
Hilol Nasimov lavozimidan ozod qilindi
2017 yil 27 oktabr kuni «O‘zbekfilm» aksionerlik jamiyatining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolar muhokama qilindi. Bu haqda «O‘zbekkino» axborot xizmati xabar berdi.
Korxonani sog‘lomlashtirish va uni qayta shakllantirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Hilol Nasimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan «O‘zbekfilm» AJ direktorligi lavozimidan ozod qilindi.
Shu bilan birga, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.
Mavzuga oid
19:43 / 20.11.2020
O‘zbek tomoshabini chet el seriallari ta'siriga tushib qolmasligi lozim - Shavkat Mirziyoyev
18:05 / 17.04.2020
«O‘zbekkino» atrofida shov-shuv. Xodimlar rahbardan nega norozi?
17:00 / 07.11.2017
«O‘zbekfilm»ga taniqli aktyor direktor etib tayinlandi
13:44 / 31.10.2017