08:50 / 27.10.2017
10903

Istanbulda 3,5 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Foto: prezident.uz

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 2017 yil 25-26 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Turkiyada bo‘ldi. 

Davlat rahbari rasmiy saytining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 26 oktabr kuni kunning ikkinchi yarmida Istanbul shahriga tashrif buyurdi. U yerda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Turkiya Respublikasi bosh vaziri Binali Yildirim ishtirokida ikki mamlakat moliya va ishbilarmon doiralari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda oliy darajadagi muloqotlar samarasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imzolangan hujjatlar ulkan ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Shuningdek, 26 oktabr kuni Istanbulda o‘tkazilgan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari biznes-forumida yirik energetika obektlari va yo‘l infratuzilmalarini qurish, to‘qimachilik mahsulotlari, elektr jihozlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va agrosanoat tarmog‘ida zamonaviy sanoat va logistika markazlari tashkil etish sohalarida 3,5 milliard dollar hajmidagi 30 dan ortiq loyiha bo‘yicha bitimlar imzolangani ta'kidlandi. 

Prezident yaqin yillarda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 3-4 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgani, bu ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun keng imkoniyatlar yaratishini ta'kidladi. 

Mavzu
O‘zbekiston - Turkiya munosabatlari

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 25 oktabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga bordi

Barchasi
Top