Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tili alifbosini lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
«Qozog‘iston Respublikasi hukumatiga: qozoq tilining alifbosini lotin yozuviga o‘tkazish bo‘yicha milliy komissiya tuzish; qozoq tili alifbosini 2025 yilgacha lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tkazishni ta'minlash», - deyiladi farmon matnida.
Qozoq tili alifbosini kirillchadan lotinchaga o‘tkazishni ta'minlash uchun prezident lotin tiliga asoslangan qozoq tili alifbosini tasdiqlash haqida qaror qabul qildi. U 32 ta harfdan iboratdir.
1920-yillarga qadar qozoq tilida arabcha yozuv ishlatilgan, keyinchalik lotin yozuviga o‘tilgan. Ushbu alifbodan 1940 yilgacha foydalanildi, so‘ng 42 harfdan iborat bo‘lgan qozoq kirill alifbosi qabul qilindi.











