Moliya vazirining buyrug‘i (24.10.2017 yil) bilan Soliq maslahati milliy standarti (5-son SMMS) «Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar» tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

5-sonli SMMS soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati deganda qonun hujjatlariga muvofiq soliq maslahati bo‘yicha xizmatlarni sifatli ko‘rsatilishini ta'minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi va u quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:

• tashkilotni o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarish uchun bilimga, mahoratga va malakaga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari bilan jamlanganligi;
• murakkab bo‘lgan vazifalarni kasbiy malakasi ushbu vazifalar xususiyatlariga muvofiq bo‘lgan soliq maslahatchilariga topshirish;
• soliq maslahati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish jarayonida ishlarni zarur sifat talablariga javob beradigan yo‘naltiruvchi ko‘rsatmalar asosida bajarish;
• soliq maslahatchilarning aniq holatlarda bilimi yetarli bo‘lmaganda, soliq maslahatchilari tashkiloti ichida ham, uning tashqarisida ham tegishli maslahatlar olish;
• o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun soliq maslahatchilariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish.

Ma'lumot uchun: «Soliq maslahati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq ishlab chiqarilgan SMMS mamlakatda soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning me'yoriy elementi hisoblanadi.

Hujjat 25.10.2017 yildan kuchga kirdi.