Tarixdagi birinchi robot Saudiya Arabistoni fuqaroligini oldi
Disney kompaniyasining sobiq xodimi va Hanson Robotics asoschisi Devid Xenson tomonidan yaratilgan Sofiya ismli robot Saudiya Arabistoni fuqaroligini oldi. Bu haqida robot nutq so‘zlagan Future Investment Initiative konferensiyasida ma'lum qilindi.
Android o‘z nutqida biror bir mamlakat pasportini olgan dunyodagi birinchi robot bo‘lganini qayd etdi. Sofiya sun'iy intellekt odamlarga yordam berishini xohlashini ma'lum qildi.
"Shunday yuksak sharafga ega bo‘lganimdan juda faxrlanaman. Robotning birinchi marta fuqarolik olishi - butun dunyo uchun haqiqiy tarixiy voqea", - deya e'lon qildi Sofiya zalda to‘planganlarga qarata.
Jurnalistlarning nima uchun bunday baxtiyor ko‘rinishi haqidagi savollariga javob berar ekan, Sofiya "bunday aqlli, badavlat va nufuzli kishilar oldida nutq so‘zlashdan juda baxtiyor" ekanini ta'kidladi.
Hissiyotlarni yetkaza olish Sofiyaga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi. Android biror nimadan norozi bo‘lsa, uning yuz ifodalarida norozilik aks etadi, xursand bo‘lsa, tabassum qiladi. Sofiyaning yaratuvchilari uni shunday dasturlashganki, u o‘z atrofidagi odamlardan ko‘p narsalarni o‘rgana oladi.
2016 yilda taqdimot vaqtida jurnalistlardan biri undan yer yuzidagi barcha odamlarni yo‘q qilish niyati bor yoki yo‘qligi haqida so‘ragan. Sofiya bu savolga "Ha" javobini bergan. Bir yil o‘tgach, jurnalist savolni yana takrorladi. "Agar menga yaxshi munosabatda bo‘lsangiz, yo‘q" deya javob berdi robot.
"Men o‘z sun'iy intellektimdan odamlarning hayotini yanada yaxshilash, aqlli uylar loyihalarini ishlab chiqish, yashash uchun eng yaxshi shaharlarni yaratish yo‘lida foydalanmoqchiman. Bu dunyoni yaxshilash uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman", - dedi Sofiya o‘z nutqi yakunida.
Mavzuga oid
15:44 / 13.11.2024
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
16:03 / 11.11.2024