Tillerson: AQSh «Tolibon»ni tinch muzokaralar o‘tkazishga ishontirmoqda
Amerika hukumati Afg‘onistonning “Tolibon” radikal harakati bilan aloqani saqlab qolib, uni Kobul hukumati bilan tinch muzokaralarni boshlashga ishontirishga urinmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Jyenevada jurnalistlar bilan o‘tkazgan suhbatda ma'lum qildi.
Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma'muriyati shunday vaziyatni yaratishga intilmoqdaki, unda toliblar yetakchilari qurollarini tashlaydi.
"Biz "Tolibon" harakatiga aniq tushuntirdik: u Afg‘onistonda hech qachon harbiy g‘alabaga erisha olmaydi", - degan Amerikaning bosh diplomati. "Ular bilan maxfiy yo‘llar orqali Doxadagi idorasida olib borayotgan muloqotimizda, ular farzandlari va nevaralari ham shu kurashni davom ettirishlarini xohlayaptimi yoki yo‘qmi, degan savolni qo‘ymoqdamiz. Chunki, ular boshqa yo‘lni tanlamasa, kelajakdagi ishlar ham aynan shunday bo‘ladi", - degan davlat kotibi.
Uning fikricha, toliblarni muzokaralar davrasiga olib keladigan "shart-sharoitlarni barpo etish bo‘yicha mas'uliyat" "afg‘on hukumati zimmasidadir". Bunda Tillersonning qayd etishicha, toliblar AQSh hukumati qarashiga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati tarkibiga kirishi mumkin. Biroq buning uchun ular "terrorizmdan voz kechishi kerak" hamda bundan keyin "hech qachon" bunday faoliyat bilan shug‘ullanmaslik mas'uliyatini olishi lozim.
Amerika davlat kotibi, shuningdek, amerikaliklarning yana 16 yil Afg‘onistonda qolib ketishi mumkinligi haqidagi taxminlarni rad etdi. "Yo‘q, yangi 16 yil bo‘lmaydi", - deb ta'kidlagan Tillerson.
Shu munosabat bilan, uning ta'kidlashicha, "Pokiston ham jangarilar va terrorchilarni yo‘qotish uchun ko‘proq amaliy choralar ko‘rishi kerak".
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024