18:34 / 27.10.2017
16189

Vazirlar Mahkamasining FVV bo‘yicha qarori chiqdi

Foto: FVV

Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 863-son «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tuzilmaviy bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjat bilan 2018–2020 yillarda FVV bo‘linmalarini mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan mol-mulk bilan moddiy-texnik jihozlash kompleks dasturlari tasdiqlandi.

Ushbu maqsadlarda quyidagilar amalga oshirilmoqda:

•  «O‘zavtosanoat» – FVVning texnik vazifalariga muvofiq avariyaviy-qutqaruv texnikasi ishlab chiqarilishini ta'minlaydi;
•  «O‘zmaxsusimpeks» – mustasno tariqasida, 31.12.2020 yilgacha maxsus uskunalarni va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning boshqa import mol-mulklarni harid qilish bo‘yicha tender (tanlov) o‘tkazmasdan, yetkazib beruvchilarning import shartnomasini keyin investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida eng yaxshi takliflarini tanlab olish yo‘li bilan  shartnomalar tuzadi.

Jihozlash bo‘yicha xarajatlar Davlat byudjyeti, FVVning byudjyetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari va grantlari hamda boshqa ta'qiqlanmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Hujjat 23.10.2017 yildan kuchga kirdi. 

Top