Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qiladigan sana ma'lum bo‘ldi
P.Borovskiy kollejining marhum talabasi Jasurbek Ibrohimov o‘limi bo‘yicha olib borilayotgan sud eshituvlari yakuniy bosqichga kirdi. Ushbu ishni ko‘rib borayotgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumani sudi sudyasi M.Matchonov 30 oktabr kuni o‘z hukmini o‘qiydi.
27 oktabr kungi sud majlisida jabrlanuvchi nomidan ishtirok etayotgan Nilufar Aliyeva, uning advokati L.Ismoilova, sudlanuvchi Islombek To‘laganovning advokatlari Yu.Ibrohimov, F.Tohirov mazkur ish bo‘yicha o‘z xulosalarini taqdim qilishdi.

N.Aliyeva hamda advokat L.Ismoilova o‘z ko‘rsatmalarida tergov jarayoni va sud majlislarida o‘zlari qayd qilishgan bir-biriga zid bo‘lgan jihatlarni ma'lum qilishdi hamda jinoiy ishni guruh bo‘lib o‘limga olib kelgan tan jarohati yetkazish, deya qayta tavsiflashni so‘rashdi. N.Aliyeva hamda L.Ismoilova prokurorning sudlanuvchiga 6 yil muddat so‘ragani, uning sud jarayonida ishtirok etgan guvohlar ko‘rsatmalarida ayrim mos kelmagan jihatlarga e'tibor bermaganini ta'kidlashdi. Ular suddan odil hukm chiqarishni so‘rashdi.

Sudlanuvchi I.To‘laganovning advokatlari F.Tohirov va Yu.Ibrohimov Jasurbek ishida o‘z himoyasidagi shaxsning aybi kamligini, ya'ni uning Jasurbekka tan jarohati yetkazish yoki uni qasddan o‘ldirish niyati bo‘lmagani, bundan tashqari, jinoyatni sodir etgan vaqtda voyaga yetmagani, asosiy aybdor tomon o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘ymagan va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmagan tibbiyot xodimlari ekanini e'tiborga olgan holda I.To‘laganovni jazodan ozod qilishni so‘rashdi.

Shundan so‘ng, sudlanuvchi I.To‘laganovga so‘nggi so‘z berildi. U jabrlanuvchining ota-onasidan uzr so‘ragan holda bo‘lgan fojiadan afsusdaligini bildirdi hamda advokatlari fikriga qo‘shilishini aytdi.
Sudya M.Matchonov 30 oktabr kuni yakuniy hukm o‘qilishini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi
Jahon | 17:31
-
Chilonzor tumani hokimligida 8 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
Jamiyat | 17:13
-
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:07
-
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid

21:57 / 05.12.2019
Islombek To‘laganov kollejdagi o‘qishini davom ettirmoqda

18:10 / 26.09.2019
Jasurbek Ibrohimovning yaqinlari fuqarolik sudi orqali 650 mln so‘mdan ortiqroq kompensatsiya talab qilmoqda

14:44 / 15.04.2019
IIV Islombek To‘laganovning muddatidan ilgari ozod etilganiga izoh berdi

10:10 / 15.01.2018