19:11 / 27.10.2017
18783

JCh-2018 mukofot jamg‘armasi e'lon qilindi

Foto: FIFA.com

Rossiyada 2018 yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 400 mln dollarni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda FIFA matbuot xizmati.

Turnirning mukofot jamg‘armasi Kalkuttada o‘tkazilgan FIFA kengashida tasdiqlandi.

Braziliyadia o‘tkazilgan JCh-2014 mukofot jamg‘armasi 358 mln dollarga teng edi. Musobaqada g‘olib chiqqan Germaniya 35 mln dollar, finalchi Argentina 25 mln dollar, bronza medali egasi Niderlandiya 22 mln dollar mukofot olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 o‘yinlari 14 iyun - 15 iyul kunlari Rossiyaning 11ta shahri: Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-na-Donu, Sochi va Yekaterinburgda o‘tkaziladi.

Top