23:20 / 28.10.2017
5273

A Seriya. Iguainning ikkita goli «Yuventus»ga «Milan» ustidan ishonchli g‘alaba keltirdi

Italiya chempionatining 11-turida «Milan» o‘z maydonida «Yuventus»ni qabul qildi.

Muxlislar murosasiz kurashlarga boy o‘yin guvohi bo‘lishdi. O‘yin taqdirini Gonsalo Iguainning shaxsiy mahorati hal qildi. Argentinalikning ikkita goli «Yuventus»ga bu o‘yindagi g‘alabani tortiq qildi.

Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 28 ochko bilan peshqadam «Napoli»ga yetib oldi. Ammo neapolliklar 11-tur o‘yinini ertaga o‘tkazadi. «Milan» 16 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

Italiya chempionati, 11-tur

Milan – Yuventus 0:2 (0:1)

28 oktabr, «Juzeppe Meatstsa (San-Siro)» stadioni
Gollar: 0:1 – 23 Iguain, 0:2 – 63 Iguain. 
Milan – Donnarumma, Romanoli, Rodriges, Abate (Lokatelli, 61), Sapata, Chalxanoglu (Andre Silva, 77), Kessie, Borini, Bigliya (Antonelli, 61), Suso, Kalinich.
Yuventus – Buffon, Kellini, Rugani, Lixtshtayner (Bardzali, 65), Asamoa (Aleks Sandro, 71), Kuadrado, Xedira (Matyuidi, 81), Pyanich, Manjukich, Dibala, Iguain.
Ogohlantirish: Kessie (32).

Mavzuga oid
Top