22:39 / 28.10.2017
9701

Amerikalik juftlik 80 yildan beri birga umrguzaronlik qilib kelmoqda

Amerikalik Geyb Jyeykobs internetda bobosi Artur va buvisi Martsiya haqidagi videoni joylashtirdi. Aniqlanishicha, keksa juftlik 80 yildan beri birga umrguzaronlik qilib kelar ekan.

Rolik keksa juftlik nikoh to‘yining 80 yilligi nishonlanishi arafasida olingan. Geybning aytishicha, bobosi Artur rafiqasining bazo‘r muloqot qilayotganidan va faqatgina "salom" degan so‘zni ayta olayotganidan qayg‘urmoqda. Momo gapira olmasa-da, turmush o‘rtog‘ining barcha so‘zlarini tushunib, bunga javoban uning qo‘llarini o‘pib qo‘yadi.

"Men seni 80 yildan beri sevaman, jonim. Bu juda uzoq vaqt", deb rafiqasiga yuzlanadi Artur.

Ayni vaqtda qariya Artur 105 yoshda, Martsiya esa 100 yoshda. "Bu superodamlar mening yaqinlarim ekanidan faxrlanman", deb videoga izoh qoldirgan nabira.

Top