Jahon | 09:55 / 28.10.2017
4469
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya bosh vaziri o‘z vakolatlarini tashqi ishlar vaziriga topshirdi

Foto: Reuters

Avstraliya hukumati rahbari Malkolm Ternbull o‘z vakolatlarini vaqtinchalik o‘z bo‘lmagan muddatda mamlakat tashqi ishlar vaziri Juli Bishopga topshirdi, deb xabar qilmoqda ABC.

Gap shundaki, 28 oktabr kuni Ternbull rasmiy tashrif bian Isroilda bo‘ladi. 

Bundan avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Barnabi Joys iste'foga chiqarilgan edi. Chunki Oliy sud uni bu lavozimga noloyiq deb topgandi. 

Shu munosabat bilan Ternbull Bishopni muvaqqat bosh vazir sifatida tayinlashini bildirdi. 

Mavzuga oid