18:16 / 28.10.2017
5721

Islandiya siyosiy inqiroz girdobida: 4 yil ichidagi uchinchi saylovlar boshlandi

Foto: Reuters

Islandiyada to‘rt yil ichidagi uchinchi saylovlar boshlandi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Bu safar mamlakat fuqarolari parlament saylovlarida ovoz berishmoqda. Islandiya hukmron konvervativ Mustaqillik partiyasidagi mojarolar tufayli siyosiy inqiroz girdobida qolgan.

So‘rovnomalar bosh g‘olib nomini keltira olmayapti. Taxminlarga ko‘ra, partiyalar hukumatda koalitsiya yaratish uchun muzokaralarni o‘tkazishi lozim bo‘ladi.

Shu bilan birga, birdaniga sakkizta partiyaning 5 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashga imkoniyati bor – bu Islandiya parlamenti – altingga kirish uchun minimum ko‘rsatkich sanaladi.

Siyosiy tahlilchilarning fikricha, koalitsion hukumat Katrin Yakobsdouttir boshchiligidagi «So‘l-yashil harakat» tomonidan shakllantirilishi ehtimoldan uzoq emas.

Mavzuga oid
Top