Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya yarim orolida ehtimoliy urushning birinchi kunida qancha odam halok bo‘lishi hisoblab chiqildi
Foto: Bloomberg
KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasida urush yuz beradigan bo‘lsa, birinchi kunning o‘zida 300 ming kishining yostig‘i quriydi. Bunda tomonlarning hech biri ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanmasa-da, shu kabi yirik qurbon beriladi. Misol uchun dunyoning yirik megapolislaridan biri Seul shahri Shimoliy Koreya artilleriyasi radiusida joylashgan.
Koreya yarim orolida urushning boshlanishi birinchi kundanoq yirik qurbonlarga sabab bo‘lishi haqida AQSh Kongressining tadqiqotlar xizmati hisobotida so‘z yuritilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.
Aholining zich joylashgani e'tiborga olinsa, harbiy ziddiyat «chegaraning ikki tomonida 25 mlndan ortiq kishini o‘z domiga tortadi. Ular orasida AQShning 100 ming fuqarosi ham bo‘ladi», deb ta'kidlanadi hujjatning 62-sahifasida.
Hatto KXDR oddiy qurol-yarog‘lardan foydalangan taqdirda ham birinchi kundagi qurbonlar soni 30 mingdan 300 ming kishigacha yetishi mumkin. Tadqiqotchilar Shimoliy Koreya artilleriyasining Seulni o‘qqa tuta olish imkoniyatidan kelib chiqqan holda shunday fikrni bildirmoqda. Bunda KXDR artilleriya bo‘linmalari bir daqiqada 10 ming snaryadgacha otishi mumkin.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025