13:45 / 28.10.2017
4740

Nepalda 40 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus daryoga qulab tushdi, qurbonlar bor

Foto: ddnews.gov.in

Nepal markazidan o‘tuvchi daryoga yo‘lovchi avtobusining qulab tushishi oqibatida kamida 19 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 16 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Doordarshan telekanali mahalliy politsiya mahkamasiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Hodisa 28 oktabr kuni ertalab mamlakat janubi-sharqidagi Rajbiraj shahridan poytaxt Katmanduga kelayotgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida sodir bo‘lgan. 

Fojia joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTHga haydovchining xavfli burilishda boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. Guvohlar halokat ro‘y bergan vaqtda avtobus ichida 40 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lganini aytishgan. 

Top