OAV: Saudiya Arabistonida to‘yga kelgan mehmonlarga "ayfonlar" sovg‘a qilindi
Saudiya Arabistonida o‘tgan nikoh to‘yi videosi Twitter, Instagram va YouTube’ning Yaqin Sharqdagi foydalanuvchilari orasida ommaviylashmoqda. Video internet resurslarda shu haftada joylashtirilgan.
Misrning El Bashayer nashrining ma'lum qilishicha, video mualliflari unga berilgan izohda to‘yga kelgan mehmonlarning har biriga yangi iPhone 8 smartfonlari sovg‘a qilinganini ma'lum qilishgan. Aynan shu holat ko‘plab foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qilgan.
Videoda to‘yda xizmat qilgan ofitsiantlar patnislarda "ayfonlar" qutilariga o‘xshash ko‘plab qutilarni to‘yxonaga olib kirishayotganini ko‘rish mumkin.
Ta'kidlanishicha, niqoh to‘yi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan. Ko‘plab foydalanuvchilar to‘y egalarini bunday isrofgarchilik uchun tanqid qilishgan.
Biroq to‘yda bo‘lgan mehmonlardan birining Al Bawaba internet-nashriga ma'lum qilishicha, aslida qutilarda smartfonlar emas, shirinliklar to‘plami bo‘lgan. Manbaning ta'kidlashicha, bunday shirinliklarning mehmonlarga tortiq qilinishi an'anaviy hol bo‘lib, mehmondo‘stlik ifodasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:17
Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonning IT sohasiga investitsiya jalb etilishi mumkin
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024