17:40 / 29.10.2017
25411

«Xatoga yo‘l qo‘ymang». Pentagon rahbari KXDRni ogohlantirdi

Foto: Reuters

Janubiy Koreyaga tashrifi davomida ushbu mamlakat Mudofaa vaziri Son Yon Mu bilan uchrashgan Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Pxenyanning ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanishi Qo‘shma shtatlar tomonidan qat'iy qarshi olinishi haqida gapirdi.

«Xatoga yo‘l qo‘ymang — AQShga yoki ittifoqchilarimizga qilingan har qanday hujum manbasi yo‘q qilinadi. Har qanday shakldagi yadroviy qurol qo‘llanishi keng ko‘lamli harbiy javob bilan kutib olinadi», — degan Pentagon rahbari.

Mettis Koreya yarimorolidagi vaziyatni hal qilishning asosiy varianti harbiy kuchlar qo‘llovidagi diplomatiya ekanini qayd etib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top