01:30 / 29.10.2017
12867

La Liga. Messi va Paulino «Barselona»ga g‘alaba keltirdi

Foto: AP

Ispaniya chempionatining 10-tur markaziy o‘yinida "Atletik Bilbao" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuv mehmonlarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 36-daqiqasida Messi hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Paulino jamoasiga ishonchli g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. 

Yana bir uchrashuvda "Atletiko Madrid" o‘z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi. 

Atletik – Barselona 0:2 
Gollar: 0:1 – 36 Messi, 0:2 – 90 Paulino.
Atletik – Arrisabalaga, Nunes, Laport, Inigo Lekue, Boveda, San Xose (Benyat, 68), Kordoba, Iturraspe, Raul Garsiya, Inyaki Uilyams (Susayeta, 83), Aduris.
Barselona – ter Stegen, Alba, Pike, Umtiti, Paulino, Serdji Roberto, Andre Gomesh (Nelson Semedu, 83), Buskets, Rakitich, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Iturraspe (41), Buskets (47), Pike (63), Paulino (75), Umtiti (81).

Atletiko – Vilyarreal 1:1 
Gollar: 1:0 – 61 Korrea, 1:1 – 81 Bakka.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis, Korrea, Gabi, Parti, Saul, Gameyro (Vetto, 75), Grizmann.
Vilyarreal – Barbosa, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Ruis, Kosta (Rukavina, 69), Rodri Ernandes, Soriano (Kastilexo, 60), Trigeros, Fornals (Cheryshev, 76), Bakka, Bakambu.
Ogohlantirishlar: Trigeros (25), Bakambu (55), Bakka (79), Alvaro Gonsales (85).

Top