Qayd etilishicha, tashrif dasturiga ko‘ra delegatsiya “Boku-Tbilisi-Kars” temir yo‘l yo‘nalishing ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, temir yo‘lning asosiy maqsadi uch davlat – Gruziya, Ozarboyjon hamda Turkiya temir yo‘llarini o‘zaro bog‘lash. Shu tariqa, Markaziy Osiyodan Janubiy Kavkaz orqali Yevropaga ancha arzonroq va qisqaroq muqobil yo‘lak paydo bo‘ladi.