07:46 / 30.10.2017
5092

Yakkasaroy tumanida ikki shaxs o‘g‘rilik uchun qo‘lga olindi

2017 yil 21 oktabr kuni tungi soat taxminan 04:30larda, noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumani hududida, fuqaro B.A.ga tegishli bo‘lgan garajga eshikni buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bahosi 1.850.000 so‘m bo‘lgan motoskuterini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni R.R. va J.S. sodir etganliklari aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. 

Top