11:43 / 30.10.2017
19508

Atamboyev ta'tilga chiqdi

Foto: Izvestiya

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev qisqa muddatli ta'tilga chiqdi. U respublikani rivojlantirish dasturi ustidagi ishni yakunlash niyatida, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston yetakchisi matbuot xizmati.

"Prezident 2017 yilning 30 oktabridan qisqa muddatli ta'tilga chiqdi. Davlat rahbari ta'til davomida Qirg‘iziston Respublikasining 2040 yilgacha barqaror rivojlanishi Milliy strategiyasi loyihasi yakuniy varianti ustida ishlaydi", - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Atamboyevning vakolatlari joriy yilning 1 dekabriga qadar tugashi kerak. Uni bu lavozimda 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Sooronbay Jeenbekov almashtiradi.

Top