15:20 / 30.10.2017
68468

Autsorsing nima?

Foto: Fotolia

Buxgalteriya shunday sohaki, unda qator konfidentsial va juda muhim korporativ ma'lumotlar saqlanadi. Har qanday puxta o‘ylanmagan harakat, hatto kichik xato va kamchiliklar ham ishga malakasiz yondashuv, xisob-kitoblar noaniqligi  va hatto katta jarimalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘z sohasining ustasi bo‘lgan buxgalterlarga talab yuqori. Aynan shundaylar byudjyetga to‘lanadigan soliqlarni hisoblashadi. Yirik korxonalar shtatida yuqoridagi talablarga javob beradigan, o‘z navbatida, yuqori maosh talab qiladigan buxgalterlar yollash imkoni bor. Biroq yangi tashkil topgan, mikro va kichik korxonalar bunday xarajatlarga tayyor emas. Yollanma buxgalterlar hech qanday hujjatsiz, og‘zaki kelishuv asosida xizmat ko‘rsatishi tufayli ko‘plab muammolar kelib chiqishi mumkin. 

Korxona bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, har bir faoliyat uchun alohida malakali buxgalter yollash, ularni oylik maosh, ish joyi, dasturiy ta'minot va h.k.lar bilan ta'minlash katta xarajatlarni keltirib chiqaradi.

Yoki aytaylik, shtatdagi buxgalter ayrim sabablarga ko‘ra ishdan ketayotgan bulsa, buxgalteriyani kimga ishonib topshirsa bo‘ladi? 

Bunday murakkab holatda qanday yechim bo‘lishi mumkin?
Javobi oddiy – Autsorsing buxgalteriya.

"Autsorsing" so‘zi  ingliz tilidan olingan bulib, shartnoma asosida tashqi manbalardan, ya'ni autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar xizmatidan foydalanishni bildiradi.

Foto: Fotolia

Autsorsing buxgalteriya esa masofadan turib malakali soha mutaxassislari tomonidan olib boriladigan buxgalteriyadir. Autsorsing buxgalteriya yollanma buxgalteriyadan farqli ravishda, buxgalteriyani qisman yoki vaqtinchalik topshirish emas, uzoq muddatga shartnoma asosida hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi. Autsorsing buxgalteriya xizmatini ko‘rsatuvchilar autsorserlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xorijda shtatdagi xodimlarni ta'minlashdan ko‘ra autsorsing xizmatlaridan va ayniqsa, autsorsing buxgalteriya xizmatlaridan keng foydalanilmoqda. Masalan, Belarusda - 30%, Yevropada - 86%, AQShda - 92%, eng yuqori ko‘rsatkich esa - Isroilda bo‘lib, 96% ni tashkil etadi. 

Yirik korxonalar Autsorsing buxgalteriya xizmatlaridan foydalanishga butunlay o‘tishlari u qadar samarali emas, chunki bunday holatda masofadan turib ish olib borilgani sababli hisobni olib borishda operativlik pasayish ehtimoli bor. Bunga yul qo‘ymaslik uchun buxgalteriyani butunlay emas, qisman, masalan, oylik maosh hisob-kitoblari, hisobotlar topshirish, va h.k.larni autsorserlarga topshirish mumkin. 

Mikro va kichik korxonalar uchun autsorsing buxgalteriya xizmatlari hisobni yuritishning eng optimal usulidir.  Bunday holatda korxona yuqori malakali, mas'uliyatli, faqatgina buxgalteriya sohasida emas, balki kadrlar bo‘yicha, yuridik hamda soliq masalalari bo‘yicha maslahatlar olish imkoniga ega bo‘ladi.

Autsorsing buxgalteriyaning afzalliklari:

Autsorsing buxgalteriya xizmatini ko‘rsatuvchi korxona bilan hamkorlik qilish tadbirkorlarga bir qator qulayliklar yaratadi:

- Autsorserlarga topshirilgan vazifalar yuqori sifatli, operativ va kam xarajat talab etadi, chunki tadbirkorlar autsorserlar ularning shtatida bo‘lmagani sababli ularga oylik maoshdan kelib chiqadigan soliqlar, ofis jihozlari, moddiy-texnik ta'minot, arenda, aloqa va internet kabi xarajatlardan forig‘ bo‘lishadi. Bu xarajatlarni optimallashtirish orqali moliyaviy natijalarni 20-30%ga yaxshilash imkonini beradi.

Foto: Fotolia

- Autsorsing buxgalteriya xizmatlaridan foydalanganda maxfiy (konfidetsial) ma'lumotlarning oshkor bo‘lishi oldi olinadi;
- Xizmatdan foydalanish orqali bir emas, bir necha yuqori malakali hisobchi mutaxassis guruhiga ega bo‘lish mumkin;
- Buxgalteriya hisobini yuritishdagi xato va kamchiliklardan, ortiqcha ovoragarchiliklardan ozod qiladi;
- Autsorserlar buxgalteriya va soliq hisobini yuritishdan tashqari boshqa qo‘shimcha xizmatlarni, masalan, kadrlar buyicha va yuridik xizmatlarni ham taklif etadi. Ta'kidlash joizki, shtatdagi buxgalterlar har doim ham bunday qo‘shimcha masalarlarni hal etishni o‘z zimmalariga olaverishmaydi, qo‘shimcha mutaxassislarni yollash esa korxona xarajatlarini oshiradi;
- Autsorsing korxonalarga buxgalteriyani istalgan bosqichda topshirish imkoniyati mavjud. Agar korxona buxgalteriyasi xato va kamchiliklar bilan maxsus dasturlardan foydalanilmay yuritilgan bulsa, autsorsing buxgalteriya korxonalari bunday talabga javob bermaydigan buxgalteriyani qayta tiklash orqali to‘g‘ri va aniq holatga olib keladi.

Top