Qo‘shib yozishlar fosh bo‘ldi. Hali hech qaysi hudud paxta rejasini bajarmagan

Foto: O‘zA
Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta rejasini bajargani yolg‘on bo‘lib chiqdi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilish vaqtida paxta terimi vaqtida amalga oshirilgan qo‘shib yozishlar fosh qilindi. Natijada, Toshkent va Jizzax viloyati hokimlari qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani uchun ishdan olindi, Xorazm viloyati hokimi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari jiddiy ogohlantirildi.
13 oktabr kuni Xorazm viloyati, 20 oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 27 oktabr kuni Navoiy viloyati paxta sotish rejasini bajargani haqida ma'lum qilingandi.
Endi bu hududlarning natijalari bekor bo‘ldi va asl holatiga qaytarildi.
28 oktabr holatiga ko‘ra, Jizzax va Toshkent viloyatlari Respublika viloyatlarida 2017 yil hosilidan paxta xomashyosi tayyorlash to‘g‘risidagi ma'lumotnoma reytingida 9 va 10 o‘rinlarda joylashgandi. Avvalgi reytingda Jizzax viloyati paxta rejasini 83,44 foizga yetkazgani keltirilgandi. Yangilangan reytingda esa aslidagi ko‘rsatkich - 76,83 foiz.
Toshkent viloyati ko‘rsatkichlarida farq juda katta - 10 foizdan ortiq. 28 oktabr kungi ma'lumotnomada viloyat rejani 82,98 foizga yetkazgani ma'lum qilingandi. Aslida esa viloyatning ko‘rsatkichi - 72,55 foiz. Oxirgi o‘rin.
Bundan tashqari, 28 oktabr kungi va 30 oktabr kungi ma'lumotnomalar solishtirilganida Andijon va Buxoro viloyatlarining natijalarida 5 foiz atrofida farqlar bo‘lgani ko‘rinadi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati ham qo‘shib yozganlar qatorida.
Yangilangan «svodka»ga ko‘ra, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida qo‘shib yozish holatlari qayd etilmaganini ko‘rish mumkin. Lekin bu oxirgi voqealar hisobga olinsa, eng aniq ma'lumot bo‘la olmaydi.
Ayni vaqtda respublikaning rejasi 88 foizga yetgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hayit kuni qurbon bo‘lgan g‘azoliklar, husiychilarga Trampdan tahdid va «Tolibon»ni legallashtirmoqchi bo‘layotgan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:56
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi davom etadi
O‘zbekiston | 13:21
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
Mavzuga oid

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:13 / 14.02.2025
Fermerlar minimal narxda shartnoma tuzishga majburlanyapti. Sohadagi islohot qarshilikka uchramoqda

20:34 / 20.01.2025
Paxtani o‘z hisobidan yetishtirganlarga subsidiya ajratiladi

19:04 / 20.01.2025