10:29 / 30.10.2017
11878

Maktab direktorining xonasiga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga olindi

Yangiyo‘l tuman IIBga Yangiyo‘l tumanida joylashgan maktablardan birida qorovul, 1965 yilda tug‘ilgan Z.Sh. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 11 oktabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirib, ushbu maktab direktori xonasidan narxi taxminan yuz ming so‘m bo‘lgan “Lime” rusumli kompyuter tok kuchaytirgichini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda. 

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan S.N. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.

Top