«Orol baliqlaridan 99 taom» festivalida baliqdan 112 xil taom tayyorlandi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ikki kun davomida «Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi» xalqaro ekofestivali, shoirlar Berdaq va Ajiniyoz xalqaro she'r va musiqa festivali, «Orol baliqlaridan 99 taom» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.
Tadbirning ikkinchi kuni Mo‘ynoq tumanida davom etdi. Tumandagi «Madeli» OFY hududidagi «Ko‘k suv» ko‘li bo‘yida «Orol baliqlaridan 99 taom» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi.
Ajoyib manzaraga ega «Ko‘k suv» ko‘li bo‘yi haqiqiy bayramga aylandi. Tadbir ishtirokchilari mohir oshpazlar tomonidan tayyorlangan baliq taomlarining, milliy hunarmandchilik, qo‘l mehnati namunalarining ko‘rgazmalari bilan tanishdi. Katerlarda sayyohat qilib, san'at ustalarining konsert dasturini tomosha qilishdi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tanlovga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati jamoat ovqatlanish korxonalaridan 70 dan ortiq oshpaz, kasb-hunar kolledjlarida pazandalik sohasi bo‘yicha ta'lim olayotgan o‘quvchi yoshlar, uy bekalari o‘zlarining baliqdan tayyorlangan 112 turli taomi bilan qatnashdi.
Mavzuga oid
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
10:40 / 08.10.2024
O‘rta Chirchiqda noqonuniy tarzda baliq ovlagan shaxslar tabiatga 42 mln so‘m zarar yetkazdi
23:17 / 23.09.2024
Xitoyda 3D-printer yordamida baliq go‘shti muqobili yaratildi
09:44 / 07.09.2024