Saudiya Arabistoni hukumati 2018 yildan ayollarga mamlakat stadionlaridagi sport musobaqalariga tashrif buyurishlariga ruxsat beriladi, deb yozmoqda Arab News gazetasi.

"Sport bosh boshqarmasi Ar Riyod, Al Dammom va Jiddadagi asosiy stadionlarida, 2018 yildan ularga oilalar kirishi uchun qayta jihozlash ishlarini o‘tkazadi", — deyabayonot bergan bosh boshqarma boshlig‘i Turki ash-Shayx.

Avvalroq Saudiya Arabistoni podshohi ayollarga avtomobil boshqarishlariga ruxsat beruvchi farmonini e'lon qilgan edi. Biroq podshohlik ko‘chalarida ayol haydovchilar boshqaruvidagi avtomobillar paydo bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarliklar 2018 yil iyunidan avval yakunlanmaydi.