09:15 / 30.10.2017
8476

O‘zbekiston va Pokiston meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish masalalarini muhokama qildi

«O‘zbekoziqovqatxolding» XK boshqaruvi raisi Tohirjon Jalilov Pokistonning meva-sabzavot mahsulotlari eksporti va importi Uyushmasi delegatsiyasini qabul qildi.

«O‘zbekoziqovqatxolding» XK matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar O‘zbekistondan Pokistonga dukkakli mahsulotlar – mosh, loviya va no‘xatni yetkazib berish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, tomonlar oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil qilish masalalarini ham tilga olishgan.

Tohirjon Jalilovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini Pokistonga eksport qilish, shuningdek, Pokistonning ba'zi mahsulotlarini import qilishdan manfaatdor.

Pokiston delegatsiyasi, o‘z navbatida, O‘zbekistonga mandarin, kartoshka va mango yetkazib berishni yo‘l qo‘yish taklifi bilan chiqdi.

Top