21:23 / 31.10.2017
16065

Alibaba asoschisi Jyek Ma ilk bor kinoda rol ijro etdi

Foto: Weibo

Alibaba Group korporatsiyasining asoschisi va ijrochi raisi Jyek Ma o‘zini kino sohasida sinab ko‘rishga qaror qilib, "Tun... Biz uxlayotganimizda" (Gong Shou Dao) deb nomlangan qisqa metrajli kung-fu jangari filmida ilk bor rol ijro etdi. Bu haqda CGTN xabar bermoqda

Xitoy va Osiyoning eng badavlat odamlaridan biri bo‘lgan Ma Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida film posterini joylashtirib, filmda suratga tushayotganini tasdiqlagan. Film Xitoyda AQShdagi "qora juma"ning muqobili bo‘lgan "Yolg‘izlar kuni" – 11 noyabrda ekranlarga chiqariladi. 

Filmga taniqli aktyor Jyet Li prodyuserlik qilgan. Lining o‘zi ham filmda rollardan birida paydo bo‘ladi. Filmda Ma va Lidan tashqari, Osiyo jangari filmlari yulduzlari Donni Yyen va Jin Vu ham suratga tushganlar. Filmning davomiyligi 20 daqiqani tashkil qiladi.

Avvalroq, joriy yilda Ma Alibaba Convention anjumani ochilishida marhum qo‘shiqchi Maykl Jyekson uslubida raqs ijro etgandi. Ma 1988 yildan beri ushu turlaridan biri bo‘lgan tay chi bilan shug‘ullanadi va bu gimnastika turiga o‘qitish bo‘yicha uch kunlik seminarlar o‘tkazib keladi. Bu seminarlarda ishtirok etish narxi 14,5 ming dollar atrofida turadi.

Ayni vaqtda Maning boyligi 46,9 mlrd dollarga baholanmoqda. U Alibaba’ga 1999 yilda asos solgan.

Mavzuga oid
Top