12:26 / 31.10.2017
47228

Alisher Sultonov G‘ulomjon Ibragimov o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi mumkin

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekneftgaz» milliy holding kompaniyasi boshqaruvi raisi Alisher Sultonov O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziriga o‘rinbosar etib tayinlanadi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaning aytishicha, Sultonov O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari sifatida G‘ulomjon Ibragimovning o‘rnini egallaydi.

Hozircha Vazirlar Mahkamasi bu ma'lumotni tasdiqlamayapti.

Lekin KUN.UZ manbasi Alisher Sultonov yaqin vaqt ichida bosh vazir o‘rinbosari sifatida tasdiqlanishi kutilayotganini aytmoqda.

Alisher Sultonov 1967 yil 29 noyabr kuni tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish bo‘limi texnologligidan boshlagan. 2015 yildan beri esa «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan G‘ulomjon Ibragimov 30 oktabr kuni Toshkent viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangandi.

Top