Jamiyat | 17:13 / 31.10.2017
8583
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy qashshoqlikni yo‘qotishda turizm qo‘l kelishi haqida bong urmoqda

Foto: Reuters

Xitoy qishloq tumanlarda turizmni aholining aksariyat qismini qashshoqlikdan qutqarish maqsadida rivojlantirish niyatida, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.

XXRning turizm ishlari bo‘yicha Davlat boshqarmasidan xabar qilishlaricha, mamlakat 2016-2020 yillarda turizmni rivojlantirish hisobidan 12 mln. insonni qashshoqlik domidan chiqarib olmoqchi.

Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou viloyati hukumati minglab turistik resurslarni aniqlagan va 14 ta qashshoq uyezdda sayyohlik hududi qurilishini qo‘llab-quvvatladi.

Manzilli loyihalarning amalga oshirilishi qishloq tumanlardagi 70 ming kishiga daromad darajasini viloyatda o‘rnatilgan qashshoqlik chegarasidan yuqoriga ko‘tarib olish imkonini berdi, deya ta'kidlab o‘tishdi boshqarmadan.

Butun mamlakat bo‘ylab mahalliy hukumatlar turistik sohani rag‘batlantirish uchun qishloq tumanlarda infratuzilma hamda xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilishdi va mablag‘lar yo‘naltirishdi.

Xitoy hukumati tomonidan qashshoqlikni bartaraf etish 2020 yilga qadar o‘rta farovon jamiyatni qurish davomidagi muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. 2016 yilning oxiridagi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 43,35 mln. kishi qashshoqlikda umr kechiradi.

Mavzuga oid