Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni juda ulkan. O‘tish davrining qiyinchiliklari, o‘zligini topayotgan davlat mafkurasini yaratish, tinchligini saqlash va millatlararo totuvlikni ta'minlash kabi muhim vazifalar bu insonning yelkasiga yuk bo‘lib tushgani, umrining oxiriga qadar bu ishlarni sharaf bilan uddalab o‘tganini tan olishimiz kerak.

Ammo ota tirikligida sir saqlangan yoki ko‘z yumib turilgan «sir»lar shitob bilan ochila boshladiki, yurtimizning aksariyat fuqarosi bu yangiliklardan hayratda qolmoqda. Keling, ko‘rgan-bilganlarimiz asosida Islom Karimovning vorislari bo‘lgan farzandlarining bugungi hayotiga nazar tashlaymiz.

Lola Karimova

Avvalo, eng og‘ir kunlarda, butun xalq motamga cho‘mgan damlarda otasini so‘nggi yo‘lga kuzatgan, onasiga suyanchiq bo‘lgan Lola Karimova-Tillayevadan boshlasak. Unga har jihatdan og‘ir mas'uliyat tushgandi. Chunki farzandlarning rasmiy va norasmiy yetakchisi bo‘lgan Gulnora Karimova bu paytda katta sahnadan chetlashgan, o‘g‘il farzand bo‘lgan (va keyinchalik rasman e'lon qilingan) Pyotr Karimovning shu paytga qadar ham biror joyda bo‘y ko‘rsatmagani bois bunday muhim pallada maydonga chiqishiga ham ishonish qiyin edi.

Shunday ekan, motam marosimlarida va keyinchalik ham otasini tamsil etish va oila nomidan ish yuritish masalasi farzandlar ichidan faqat Lola Islomovnaga yuklanib qoldi. Bu jarayon keyinchalik ham davom etdi hamda Islom Karimov fondini ishga tushirish, muzeylarini yaratish, umuman birinchi prezident xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha Lola Karimova-Tillayeva ko‘p ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Uning oxirgi yangiligi, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi qoldirgan xabari ko‘pchiligimizni hayron qoldirgani, diqqatimizni jalb qilgani ham rost. Unda Lola Islomovna AQShni, xususan Nyu-Yorkni maqtarkan, so‘z erkinligini his qilganini hamda farzandlari ham shu ne'matdan bahra olib ulg‘ayishini istashini ta'kidlab o‘tgan. Albatta, so‘z erkinligi demokratik jamiyat qurishda, davlat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi.

Pyotr Karimov

Suratda o‘rtada Pyotr Karimov

Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Karimov haqida rasman e'lon qilingani haqidagi xabar ham yashindek chaqnadi. Albatta, Birinchi prezidentimizning o‘g‘li borligi ham ayrimlar uchun yangilik emasdi. Shunchaki, prezident hayotligida bu masala umuman ko‘tarilmagan va yopiq mavzular qatorida edi. Bunga ikkita sababni ko‘rish mumkin: