AQSh prezidenti Donald Tramp va Filippin prezidenti Rodrigo Duterte o‘rtasidagi munosabatlar telefon orqali muloqotlar va o‘zaro maktub yozishlar natijasida yaxshilandi. Bu haqda Oq uyning yuqori lavozimdagi vakili jurnalistlarga ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"O‘ylaymanki, ular orasida iliq munosabatlar mavjud va prezident Tramp prezident Duterte bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqda", deb aytgan amaldor.
Tramp 3-14 noyabr kunlari Osiyo davlatlari bo‘ylab turne o‘tkazadi. U jumladan Filippinda ham bo‘ladi.