09:17 / 31.10.2017
7550

Professional jamoaga effektiv investitsiyalar

Foto: Fotolia

Kompaniyaning har qanday muvaffaqiyati ko‘pincha kadrlar salohiyati bilan belgilanadi. Bu rivojlanishning muhim omillaridan biridir – bunga shak-shubha yo‘q! Yangi davr mutaxassislarini ishga qanday jalb etish, ularni nima bilan qiziqtirish, yuqori natijalarga erishishga qanday undash mumkin? Bu sohada xodimlar tanlovi jarayoni samarasini maksimal darajada oshirish uchun yirik korxonalar top-menejyerlari qo‘llaydigan bir qator strategiyalari mavjud. Yuqori maosh, katta korporativ maqsadlar, lavozim pog‘onalarida o‘sish – natijalarga intiluvchan mutaxassisni yana nimalar bilan jalb qilish mumkin?

 «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi o‘z  aktivlariga malakali mutaxassislarni jalb qilishning eng samarali usulini qo‘llaydi. U mutaxassislarni ishga shunchaki jalb etmaydi, balki bevosita oliy ta'lim muassasalari talabalari va ta'lim muassasalari o‘quvchilarining o‘qitish jarayonida ham ishtirok etadi, ya'ni kelajakni uning shakllanishining dastlabki bosqichlaridanoq sarmoyalaydi.

UZTELECOM innovatsion texnologiyalarni joriy etib, mintaqaviy soha OTM va  kasb-hunar kollejlarini sifatli aloqa bilan ta'minlamoqda. Ularning moddiy-texnik bazasini yangilamoqda, laboratoriyalarni modernizatsiya qilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya mutaxassislari mazkur ta'lim muassasalarining – o‘qishni bitirib, qayerga ishga joylashishini oldindan bilgan bitiruvchilari  diplom ishlariga taqrizchilik va rahbarlik qilmoqdalar. Kompaniya filiallarida ta'lim muassasalari bitiruvchilarining ishga qabul qilish bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilmoqda, mazkur rejaning ortiqchasi bilan bajarilishini – oddiy amaliyot ko‘rsatadi.

Bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK tizimida 15 300 nafardan ortiq xodim ishlaydi, ulardan deyarli uchdan bir qismi   –  oliy ma'lumotli mutaxassislardir.

Shuni ta'kidlash kerakki, kompaniyaning poytaxtdagi filiallarining ko‘pchilik xodimlari – bu Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti  va poytaxtimizdagi axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejlari, shuningdek, Toshkent aloqa kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilaridir.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida jami 72 ta kasb-hunar kollejlari bo‘lib, ulardan 25 tasi «O‘zbektelekom» AKga biriktirilgan.

Kompaniyaning  rivojlanish  strategiyasida, muntazam ravishda,  kadrlar malakasini oshirishga  alohida e'tibor qaratiladi. Bu yerda mutaxassislar yuqori kasbiy-mutaxassislik darajasini qo‘llab-quvvatlashlariga g‘amxo‘rlik qilinadi. UZTELECOM mutaxassislari mamlakatimiz va chet ellardagi turli o‘quv kurslari hamda AKT bo‘yicha seminarlar va boshqa shu kabi intellektual forumlarning doimiy ishtirokchilaridir.

Shunday ekan, ishonch bilan aytish mumkinki, – kompaniyaning birinchi navbatdagi maqsadi – bu UZTELECOMda yuqori malakali jamoani shakllantirish va yosh mutaxassis-xodimlarning salmoqli salohiyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

Top