Yoshlar o‘z kasbini tanlashida ikkita masalaga oydinlik kiritib olishlari maqsadga muvofiq. 

1.Qaysi kasb egalariga yaxshi ish haqi to‘lanadi? 
2.Kelgusi 10 yillikda iqtisodiyotning qaysi sohalarida o‘sish kutilmoqda?

AQSh mehnat statistikasi byurosi taxminlariga asoslangan holda Business Insider nashri yaqin 10 yilda Amerikada eng istiqbolli mutaxassisliklar ro‘yxatini tuzib chiqdi. U eng yuqori haq to‘lanadigan kasblarga diqqat qaratishga uringan. Ularning yillik maoshi o‘rtacha 37 ming dollardan ortiqni tashkil etadi. 

Foto: REUTERS/Mike Blake

21. Fermerlar va qishloq xo‘jaligining boshqa ishchilari

Fermalar, rancho, issiqxonalar, suv xo‘jaliklari, o‘rmon hayvonlari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini rejalashtirish, boshqarish va ulardan foydalanish. 
2026 yilgacha yangi ish o‘rinlari soni: 68 700.
2016 yildagi o‘rtacha yillik maosh: 66 360 dollar.
Ta'lim talab: o‘rta ta'lim haqida attestat.

Foto: Flickr / Qfamily

20. Hisoblash texnikasi sohasidagi tahlilchilar

Kompyuter tizimlarini yaxshilash maqsadida axborotni qayta ishlash muammolarini tahlil qilish.
2026 yilgacha yangi ish o‘rinlari: 53 000.
2016 yilgi yillik o‘rtacha maosh: 87 220 dollar.
Ta'lim talabi: bakalavr darajasi.

Foto: Andrew Wippler/Flickr

19. Ulgurji sotuvchilar yoki ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari

Ulgurji savdogarlar yoki korxonalar mahsulotlarini sotish.