Amazon kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Jyeff Bezosning moliyaviy holati 93,8 milliard dollarga baholanmoqda. Bloomberg Billionaires Index ma'lumotlari shundan dalolat beradi.
Amazon'ning uchinchi chorakdagi yuqori daromadi unga 6,44 milliard dollar keltirdi, shundan so‘ng Bezos dunyoning eng badavlat kishisi nomini Bill Geytsdan "tortib oldi".
Shuningdek The Washington Post gazetasi va Blue Origin aerokosmik kompaniyasi ham Amazon onlayn-giganti asoschisiga tegishli.
Bu texnologik magnatining oddiy kunlari qanday o‘tadi?
Bezos tabiiy uyqu kuchiga ishonadi. U ertalablari yetarlicha dam olganini his qilgach, soat qo‘ng‘irog‘isiz uyg‘onadi.

Milliarderning kuni doim turmush o‘rtog‘i - yozuvchi Makkenzi Bezos bilan nonushta qilishdan boshlanadi.

Jyeff Bezos hech qachon erta tongga uchrashuv belgilamaydi, kunning bu pallasini u ayoli va 4 nafar farzandiga bag‘ishlaydi.

Bezos rasmiy yig‘ilishlarni uncha yoqtirmaydi. Aytishlaricha, u Amazon sarmoyachilari bilan uchrashuvlarga yiliga atigi 6 soat ajratadi.

Agar yig‘ilishsiz iloji bo‘lmasa, Bezos "ikki pitssa qoidasi"ni qo‘llaydi: ishtirokchilar soni shunday bo‘lishi kerakki, ularni ikki pitssa bilan to‘ydirish mumkin bo‘lsin.



























